Hindistonda qor ko‘chishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldiHindistonning Jammu va Kashmir shtatida ko‘chkilar oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi “Hindustan Times” nashri rasmiy manbalarga tayanib.

Voqea juma kuni kechqurun Jammu va Kashmir shtatidagi Kupvara okrugi shimolida sodir bo‘lgan. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, o‘lganlar orasida bolalar ham bor.

Ko‘chki ostida qolgan odamlarni qidirish bilan politsiya, armiya va mahalliy aholi shug‘ullanmoqda. Ikki kishi qutqarib olingan.

 

O‘zA