Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda
Yig‘ilishda aholini chorva, parranda va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu – tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas.Birinchi galda, tadbirkorlarga bozorda taklifni ko‘paytirish uchun sharoit yaratib berish kerak.Shuningdek, chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish lozim, –dedi Prezident.
Yig‘ilishda yil yakuniga qadar parranda go‘shti yetishtirishni 450 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha topshiriq berildi(o‘tgan yili 247 ming tonna bo‘lgan).
bugungi kunda ushbu sohada 1,1 mingta korxonalarning quvvati 50 foizga ham ishlatilmayapti.
Vaholanki, bu borada imkoniyatlar yetarli.Birgina misol, “Jomboy naslli parranda” korxonasida ozuqa-yem ishlab chiqarish, inkubatsion sex, parranda kushxonasini tashkil etib, tuxum tannarxining 25 foiz arzon bo‘lishiga erishgan.Shuningdek, korxona kooperatsiya usulida 40 ta xonadonning har biriga 5 mingtadan jo‘ja va ozuqa tarqatib, veterinariya xizmatini hamda mahsulotni sotib olishni yo‘lga qo‘ygan.
O‘zA