Surxondaryo viloyati faollari yig‘ilishida davlatimiz rahbari Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ushbu universitetning Termiz muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

– Bu institutning zamini bor. Chalasavodlar emas, shu sohalarni mukammal biladiganlar dars berishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Davlat rahbari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, ushbu yangi institutda qurilish va geologiya sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boshlanishini qayd etdi. Institut qoshida Boysun tumanida ko‘p tarmoqli texnikum tashkil etilib, konchilik, pillachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari uchun o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

 

O‘zA