Prezidentimiz Surxondaryo viloyati faollar yig‘ilishida vohada yetishtirilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarda sotish uchun zarur tavsiyalarni berdi.
– Rossiyaning ko‘plab shaharlarida biz o‘n yil raqobatbardosh bo‘la olamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – U yerga olib borilgan mahsulotlarimiz 50 foiz qimmat. Agar biz shu tizimni o‘rganib olmasak, Surxondaryo sharoitida bozorni topmasak, mahsulot yetishtirishni o‘rgansak imkoniyatimiz bor. Shuning uchun ham klasterlar tomonidan tomarqada yetishtirilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarda sotishni tashkil etish uchun Rossiyadagi elchixona va vakolatxonalarimizda Surxondaryo viloyati vakillari faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozim.
Ushbu tizimni joriy qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot bankidan 1 trillion so‘m ajratiladi. Endi barcha sektorlar rahbarlari viloyatda shu tizimni joriy qilish uchun safarbar etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA