Termiz shahrida Surxondaryo viloyati faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda nutq so‘zladi.

– Tuman rahbarlari uyg‘onmasa xalqimizga xiyonat qilgan bo‘lamiz. Dunyo shiddat bilan o‘zgaryapti. Daryoning narigi tomonida ertaga vaziyat qanday bo‘ladi? Qachon biz o‘zimizni hurmat qildira olamiz? Bilimimiz, aqlimiz va jipsligimiz bilan. Kim buni tushunadi?

Nima uchun 4-5 yildan buyon Afg‘onistonning tinchligini o‘ylab ko‘p loyihalarni qilayapmiz? Butun dunyo bizni kuzatyapti. Tinchligimiz o‘z o‘zidan bo‘lmaydi.

Shuning uchun qayta ishlovchi va eksportyor bog‘lovchi yangi yaxlit tizim yaratiladi. Ikki oy muddatda unumdorligi past bo‘lgan, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni har bir xonadonga sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun o‘rtacha 25-30 sotixdan 10 yilga beramiz. Buni sektorlar tahlil qilib boradi. Agar eplolmasa, olib qo‘yamiz. Harakat qilib, yuqori daromad olayotgan oilalarga unumdor joylardan qo‘shimcha 25 sotixdan yer beramiz. Endi “Эртага ҳаёт яхши бўлади” деган гапларни одамлар қабул қилмайди. Bugun yaxshi bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.

 

O‘zA