“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining o‘rinbosari – Prezidentning Matbuot kotibi etib tayinlaganini ta’kidladi.

– Ko‘p o‘ylab shu qarorga keldim. Bugun Sherzod Asadovni Prezidentning Matbuot kotibi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladim. Tilni biladi, dunyoni ko‘rgan. U ham katta kurash maydoniga kirayapti. Shu fursatdan foydalanib aytmoqchiman, Sherzod Asadov davlat siyosatining yoritilishiga mas’ul bo‘ladi. Barcha idoralar, hokimliklar matbuot kotiblari Faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Avvalgi davr bilan solishtirish kerak, hozirgi adolatli siyosatni xalqqa yetkazish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA