Toshkent vaqti bilan soat 17.00 ga qadar saylovda 939 ming 318 nafar fuqaro ishtirok etdi

Poytaxtda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 17.00 ga qadar saylovda 939 ming 318 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 60,2 foizini tashkil etadi. 

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Yagona matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda shu haqda aytildi.

Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi H.Karimov hozirga qadar saylov komissiyasiga joylardan saylovni o‘tkazish jarayonida saylovga doir qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan xabar va ma’lumotlar kelib tushmaganini ma’lum qildi.

 

Behzod Bozorov, Oqil G’ulomov (surat), O‘zA