Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Men terrorchi emasman” filmi premerasi bo‘lib o‘tdi.

Kartina O‘zbekiston Respublikasi DXX ko‘magida “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Mir Ali cinema” va “Iskandariy visual” kinokompaniyalari hamkorligida suratga olingan.

“Men terrorchi emasman” badiiy filmi o‘tkir syujetli harbiy drama janrida bo‘lib, real voqealarga asoslangan. Unda terrorchilik guruhlariga qo‘shilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi. To‘g‘ri yo‘ldan adashgan ikki o‘zbek yigitining ayanchli va achinarli qismati hikoya qilinadi.

Undagi har bir tasvir tinchlikning qadriga yetishga undaydi. Jang holatlari, o‘q tovushlari, yarador insonlar tasviri kishi xayolini o‘g‘irlaydi. Bir dam tinchlik, osuda kunlar haqida o‘ylashga chorlaydi.

Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Muhammad Ali Iskandarov, operator Husan Atabayev, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, kompozitor Jasur Badalboyev.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy va ichki ishlar soha vakillari uchun ham filmning maxsus namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

D. Mamatova, O‘zA