BMT bosh kotibi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi va ziddiyat hududiga YEHXT kuzatuvchilarini yuborishini maʼlum qildi.
BMT bosh kotibi xuddi shunday chaqiriq bilan u Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga ham murojaat qiladi.
“RIA Novosti” xabariga koʻra, bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik maʼlumot bergan.
“Bosh kotib zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga va Minsk kelishuvi shafeʼligida oldindan shartlarsiz muzokaralarga kirishish, shuningdek, mintaqaga tezda YEXHT kuzatuvchilarini yuborish lozimligini taʼkidladi”, dedi Dyujarrik.
OʻzA