Transport vazirligi yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchilarni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoyga avtobus qatnovlarini tashkil etishda hamkorlikka chaqirdi.

Qayd etilishicha, xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida respublikaning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonga  

“Buxoro—Turkiston”;

“Urganch—Oqtov”;

“Farg‘ona—Olmaota” (Tojikiston orqali).

Tojikistonga  

“Samarqand—Dushanbe”;

“Buxoro—Dushanbe”.

Qirg‘izistonga  

“Andijon—O‘sh”;

“Andijon—Jalolobod”;

“Andijon—Arslanbob”;

“Kosonsoy—Jalolobod”;

“Buxoro—Bishkek”.

Rossiyaga  

“Surxondaryo—Buxoro—Urganch—Nukus—Moskva”,

“Urganch—Nukus—Ufa”,

“Nukus—Krasnodar”,

“Toshkent—Ufa”,

“Toshkent—Krasnodar”.

Xitoy Xalq Respublikasiga  

“Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi”.

Xabarda muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Shuningdek, boshqa muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka o‘z takliflarini kiritishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA