TATU va KOICA istiqbolli loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti xabar berdi.

Uchrashuvda vazirlik rahbariyati hamda agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Son Song Il boshchiligidagi Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan KOICA mutaxassislari ishtirok etdilar.

KOICA

KOICA mutaxassislari universitetda bo‘lib, tashkilot tomonidan amalga oshirilishi belgilangan “AKT orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining innovatsion ta’limiy muhitini rivojlantirish” loyihasini yaqindan o‘rganishdi.

Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, har ikkala tomon axborot texnologiyalari, jumladan masofaviy ta’lim rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari xususida takliflarini bildirdi. Qayd etilganidek, TATU va KOICA o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistonda jahon standartlariga mos malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi.