SAYAMED” koʻz klinikasi ish boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bayrami arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani markazida “SAYAMED” koʻz klinikasi ish boshladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, yangi hususiy klinikaning ochilish marosimida sektor rahbarlari, tuman tibbiyot birlashmasi faxriy shifokorlari va faollar ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi A.Saparbayev va boshqalar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda tibbiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga toʻxtaldi. Barcha zamonaviy qulayliklarga ega klinika bugungi kun talablariga toʻliq javob beradi.

photo_2020-08-30_19-45-44.jpg
Jumladan, mazkur klinikada koʻz kasalliklarining katarakta, gloukoma, koʻz gʻilayligi va boshqa kasalliklarning mikroxirurgiyasi davolanadi. Koʻzoynak tanlashning zamonaviy yoʻllari tavsiya qilinadi.

Davolash muassasasiga xorijdan keltirilgan eng soʻnggi zamonaviy jarrohlik tibbiy uskunalari oʻrnatilgan boʻlib, ogʻriqsiz davo choralari olib boriladi. Eng asosiysi, davo istab keluvchilarga arzon narxda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlari aholisining uzogʻini yaqin qilish, inson uchun tabiat moʻjizalarni yorqin koʻrishini taʼminlash, dardiga davo topish klinikadagi malakali shifokorlarning bosh maqsadidir.

Tadbir ishtirokchilari yangi klinikada yaratilgan sharoit bilan tanishdi.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA