Toshkentning “Paxtakor“ klubi joriy yilgi mavsumdagi musobaqalarda munosib ishtirok etish uchun Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotganidan xabaringiz bor.
Antaliya shahrida o‘tayotgan mazkur yig‘inda Pedru Moreyra murabbiyligi ostidagi “Paxtakor” jamoasi ilk nazorat o‘yinini Ruminiyaning “Uneria Slobotsia” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Bashar Resan (22) va Ulug‘bek Hoshimovning (65) gollari evaziga poytaxtimiz klubi 2:0 hisobida zafar quchdi.
Endi “Paxatkor” 12 yanvar kuni Xorvatiyaning “Dinamo” klubiga qarshi ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Shuningdek, Turkiya yig‘ini doirasida jamoa 15 yanvarda “Karvina“ (Chexiya) bilan raqobatlashsa, 18 yanvar kuni “Yelimay“ga (Qozog‘iston) qarshi maydonga tushadi. 26-28 yanvar kunlari esa “Aktobe“ (Qozog‘iston) hamda “Sileks“ (Shimoliy Makedoniya) kabi nomdor klublar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA