Ma’lumki, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qat’iyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, o‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar ishtirok etishi mumkin.
Hujjatlar joriy yilning 1 martiga qadar, arizalar yashash manzil bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshiriladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA