2024 yil dekabr oyi oxirida Germaniyaning “Rheinmetall” sanoat konserni Ukraina Qurolli kuchlariga “Lynx” piyodalar foydalanadigan zirhli mashinalarini topshirdi. “Frankfurter Allgemeine Zeitung” gazetasi yozishicha, mazkur texnikalar allaqachon Ukrainada sinovdan o‘tayotgan edi.

“Hozir sinab ko‘rilayotgan bu aslahalarni keyinchalik ommaviy tarzda ishlab chiqarish imkon qadar tezroq yo‘lga qo‘yilishi mumkin”, — deya kompaniya bosh direktori Armin Pappergerdan iqtibos keltirgan nashr.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Germaniya Ukrainaga iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishi, biroq yordam hajmi 2024 yilga nisbatan qisqarishi mumkinligini haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Berlin Kiyevga 40 ga yaqin “Leopard-1” tanki, “Gepard” o‘zi yurar texnikasi, 15 dan ziyod o‘rta va qisqa masofaga mo‘ljallangan IRIS-T havo mudofaa tizimi, muhandislik tanklari, dron va artilleriya snaryadlari beradi, deyilgan hisobotda.

Germaniya Ukrainaga yordam bo‘yicha AQSHdan keyingi ikkinchi yirik donor davlat hisoblanadi.

O‘z navbatida, Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish tinchlikka erishishga xalaqit berayotgani, NATO davlatlari mojaroga bevosita jalb qilinayotgani va “o‘t bilan o‘ynashayotganini” ta’kidlab kelmoqda. Kreml ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish muzokaraga hissa qo‘shmaydi, aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.