Yaponiyalik bokschi, ikkinchi o‘ta yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA kamaridan mahrum bo‘lishi kutilmoqda.

Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirnning so‘zlariga ko‘ra, Inoue meksikalik Alan Pikasso bilan jang qilishga rozi bo‘lgan. Shu sababli, u WBA kamaridan mahrum bo‘ladi. Vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliyev esa to‘laqonli chempion deb e’lon qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida: Eddi Xirn 2025 yil oxirida N.Inoue va M.Ahmadaliyev o‘rtasidagi jangni tashkil etishga urinib ko‘rmoqchi. Darvoqe, Naoya Inoue 24 yanvar kuni IBF yo‘nalishi bo‘yicha da’vogar Sem Gudmanga qarshi jang o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA