Ijarada yashagan oila yangi uyli boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib koʻrdi.

Tashqi koʻrinishi bilan ajralib turgan bu imorat zamonaviy standartlar asosida zilzilaga bardoshli qilib qurildi. Devorlarida energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Internet tarmogʻi, videokuzatuv va yongʻin xavfsizligi uskunalari bilan jihozlandi. Uy 2-3 xonali 80 ta xonadondan iborat boʻlib, kam taʼminlangan va muhtoj oilalarga topshirilgan.

Davlatimiz rahbari shu uydagi Sharofiddin va Shahnoza Joʻraboyevlar xonadonida boʻlib, ular bilan suhbatlashdi.

Bu oila 14 yildan beri ijarada yashab kelayotgan edi.

Oxirgi uch yilda Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etildi.

Bolalar bogʻchalari, maktablar, poliklinika va boshqa obyektlar qurib, aholiga munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

 

O’zA