Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish yoʻlida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida bugun Toshkent shahrining Sergeli tumani va poytaxt viloyatining Zangiota tumaniga boradi.
Safar chogʻida koʻp qavatli uylar, sanoat korxonalari, taʼlim va tibbiyot muassasalarini koʻzdan kechirish, faollar bilan muloqot qilish rejalashtirilgan.
O’zA