TAYINLOV: Diyor Imomxoʻjayev OʻzPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25-may kunidan oʻz arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Shu sababli, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti A.Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxoʻjayev Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

 

OʻzA