Sohibqiron va uning avlodlari haqidagi kitob yana chop etildi

“Davr-press” nashriyoti tomonidan taniqli adib Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” roman-epopeyasi to‘rtinchi marotaba chop etildi.
“Ulug‘ saltanat” kitobi to‘rt qismdan iborat bo‘lib, u o‘quvchiga Sohibqiron va uning avlodlari haqida bir-biridan qiziqarli va asosli tarixiy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Roman-epopeyada o‘quvchilar Sohibqironning farzand tarbiyasidagi o‘rni, mamlakatni boshqarishdagi hukmdorlik vazifasi, xalqaro munosabatlardagi faoliyati, mamlakatda va qo‘shni yurtlarda olib borgan bunyodkorlik ishlari, Yevropa xaloskoriga aylanishiga sababchi bo‘lgan ulug‘ jang tasvirlarini o‘qishi mumkin.
photo5442767477764369597.jpg

 

O‘zA