Futbol: milliy terma jamoamiz Falastinga uchib ketdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari JCH-2022 saralash oʻyinlari oldidan Toshkentda qisqa muddatli yigʻin tashkil etgandi. Bugun vakillarimiz yigʻinni yakunlab, Falastinga uchib ketdi.
Terma jamoamizning argentinalik ustozi Ektor Kuper JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvga poytaxtdagi yigʻinga jalb etilgan 24 nafar futbolchining barchasini olib ketdi.
Terma jamoamiz tarkibida Falastinga yoʻl olgan futbolchilar roʻyxati:
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).
Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya), Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Davron Hoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK”, Janubiy Koreya), Aziz Gʻaniyev (“Nasaf”), Oston Oʻrunov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terrenganu”, Malayziya), Doston Ibrohimov (“Qizilqum”), Quvondiq Roʻziyev (“Qoʻqon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxoʻja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).
Eslatib oʻtamiz, 5-sentyabr kuni Osiyoda JCH-2022 saralash bahslarining ikkinchi bosqich oʻyinlariga start beriladi. “D” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi esa 1-turni safarda Falastinga qarshi oʻtkazadi. Mazkur oʻyin Ramalla shahridagi “Faisal Al-Husseini” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Oʻzbekiston vaqti bilan soat 19:00da start oladi.

 

OʻzA