Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi

Oʻzbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining kelishuviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi delegatsiya XXRga tashrif buyurdi.
Tashrif asnosida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Kesyan va boshqa rasmiy kishilar, shuningdek, ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin oʻrtasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar chogʻida erishilgan kelishuv va bitimlar ijrosi muhokama qilindi. Ikki davlat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan uchrashuvlari va siyosiy irodasi tufayli Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida koʻp tomonlama strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilgani qayd etildi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Xitoy xukumatlararo qoʻmitasining hamkorlik boʻyicha beshinchi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, innovatsiyalar, texnologiyalar, shuningdek, transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalari yuzasidan istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Щenchjen shahriga ham tashrif buyurdi. Bu yerda yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishildi va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga koʻra ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

 

OʻzA