O‘zbekiston-Turkiya muntazam avtobus yo‘nalishlari ochilishi mumkin

Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar o‘rtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish, bu yo‘nalishda o‘zaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimini yo‘lga qo‘yish, davlatlar o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish kabi masalalar muhokama etilmoqda.

 

O‘zA