Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 26 dekabr kuni Oqtoudagi aviahalokat munosabati bilan mamlakatda motam e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “AzerTAJ” agentligi.

“Ozarbayjon Prezidentining farmoni bilan 26 dekabr respublikada motam kuni deb e’lon qilindi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 25dekabr kuni ertalab Qozog‘iston g‘arbidagi Oktou shahri yaqinida Ozarbayjon Havo Yo‘llarining Boku – Grozniy yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 62 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ozarbayjon Bosh prokuraturasiga ko‘ra, 32 kishi tirik qolgan. Bu yakuniy raqam emasligi qayd etilgan.

G.Sattorova, O‘zA