O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008 yil 26 noyabrdagi 8, 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.
– Jinoyat ishi yuzasidan fuqaroga yuridik yordam uchun davlat tomonidan advokat ajratilganda, advokatga qancha miqdorda haq to‘lab beriladi?
Juraev DOSTON,
Oliy sudning Murojaatlar bilan ishlash
boshqarmasi katta konsultanti:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008 yil 26 noyabrdagi 8, 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga muvofiq:
Surishtiruv jarayonida, dastlabki tergov bosqichida, birinchi instansiya sudlarida va apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilayotgan ishlarda advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun to‘lov har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Ikki va undan ortiq shaxslarga bitta jinoiy ish bo‘yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun to‘lov har bir ishonch bildiruvchiga (himoya ostidagi shaxsga) mazkur Nizomning 6 va 8 bandlarida belgilangan to‘lov miqdorining 80 foizi hisobida amalga oshiriladi.
Sud majlisining har bir tanaffus kuni uchun to‘lov advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun mazkur Nizomning 6 va 7 bandlarida belgilangan to‘lov miqdorining 50 foizi hisobida amalga oshiriladi.
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun to‘lov eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida, tungi vaqtda esa eng kam oylik ish haqining 75 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari va transport xarajatlari miqdori advokatlik tuzilmasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi hamda ma’lutnomada ko‘rsatiladi.
O‘zA