Kosmetolog undirilgan bug‘doy shirasini tavsiya etadi

Bahorda meva-sabzavotlarni kuz fasliga qaraganda ancha kam iste’mol qilganimiz bois charchoq his qilamiz. Shunga qarmay bahorda dorixonalarga borishga shoshilmay turganingiz ma’qul.
Kosmetolog Shohista Qodirova bu masalada shunday maslahat bermoqda.
– Undirilgan donli va dukkakli o‘simliklar tarkibida kaliy, kalsiy, kremniy, xrom, selen, mis, rux, temir, yod, B5, E, C, D, P vitaminlari va foliy kislota ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi. 3 millimetr uzunlikda undirilgan oqish rangdagi bug‘doy maysasining sharbatidan yarim-bir stakandan har kuni nahorda och qoringa bir oy davomida iste’mol qilish organizmni ortiqcha va zararli xiltlardan tozalaydi.
Shuningdek, bug‘doy shirasidan tayyorlangan niqob ham yuzga foydali. Undagi Ye vitamini go‘zallik manbai bo‘lib, teri ostida muhim va kerakli to‘qimalarni paydo bo‘lishiga yordam beradi. Ajinlarni ketkazib, yuzni oqartiradi. Bu vitamin biz kundalik foydalanadigan ko‘plab kremlar tarkibida ham uchraydi.
Bu niqob terini oqartirish imkoniga ham ega. Bunda S vitamini yuzdagi sepkillar va dog‘larni ketkazadi. Agarda A vitamin yetishmasa bahorgi ob-havoning keskin o‘zgarishlari oqibatida yuz terisi qurib, dag‘al holga keladi.
Bug‘doy shirasidan tayyorlangan niqob yuzda 15 daqiqa turadi. So‘ngra iliq suvda yuvib tashlanadi. Har haftada ikki marta foydalanish tavsiya etiladi.

 

O‘zA