2022 yilda O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda ayni paytda O‘zbekiston milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan Davlat statistika qo‘mitasi tadbirida ma’lum qilindi. 
Ma’lumotiga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish jahon standartlari asosida o‘tkaziladi.
Hozirda aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Ro‘yxatga olish ishlari 3 bosqichdan iborat bo‘lib, ayni vaqtda unga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Eng so‘nggi aholini ro‘yxatga olish tadbiri 1989 yilda o‘tkazilgan va unda 19.9 million aholi ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston mustaqillik davrida aholini demografik ro‘yxatga olish tadbiri amalga oshirilmagan.
Ro‘yxatda aholining demografik ko‘rsatkichlar millati, yoshi, salomatligi, lavozimi qaysi transportdan foydalanishi kabi belgilari ham hisobga olinadi.
Tadbirga sarflanajak mablag‘ hozircha belgilanmagan va u ishlab chiqilish jarayonida.
Saytimizni kuzatib boring! Tadbir davom etmoqda.

 

Anora Sodiqova, O‘zA