Nigeriyadagi uch qavatli maktab binosi dars o‘tilayotgan paytda qulab tushdi

Nigeriyaning Lagos shahridagi uch qavatli maktab binosi dars o‘tilayotgan paytda qulab tushgan. Bu haqda The Guardian Nigeria ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, 100 dan ortiq odam vayronalar ostida qolgan. Ko‘plab o‘quvchilar favqulodda holat ro‘y bergan Itafaji tumanidagi kasalxonaga jo‘natilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari bilan bir vaqtda hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda. Axborot vositalarida dastlab 8 kishi, keyinroq esa 19 kishi vayronalar ostidan chiqarib olingani aytilmoqda.

 

O‘zA