Travmatologiya sohasida bilim va tajriba almashish maqsadida xalqaro forum o‘tkazilmoqda
 

Buxoroda endoskopik jarrohlik va travmatologiya sohasida bilim va tajriba almashish maqsadida xalqaro forum o‘tkazilmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan anjuman qizg‘in bahs munozaralarga, muhokamalarga boy o‘tmoqda.

Xususan, tadbir doirasida endoskopik jarrohlik va travmatologiya sohasidagi ilg‘or texnika va amaliyotlarga asoslangan interfaol ma’ruzalar, davra suhbatlari, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Anjumanda ta’kidlanganidek, bu kabi tadbirlar tibbiyot sohasida yangi marralarni zabt etishga xizmat qiladi.

M.Qosimova, O‘zA