Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasi tomonidan 4R112 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining Pop-Namangan yo‘nalishidagi 0—75-km qismi 2024—2025- yillar oralig‘ida rekonstruksiya qilinadi.

Transport vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining “CITIC Construction” kompaniyasi o‘rtasida avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolangan.

Yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnadan 13 tonnaga, transport vositalarining harakat jadalligi bir kunda o‘rtacha 21 mingtadan 40 mingtaga oshiriladi.

Yo‘l poyining kengligi aholi yashash punktlarida 38 metrga, aholi punktlaridan tashqarida 25 metrgacha kengaytiriladi.

Avtomobil yo‘lidagi mavjud 14 dona ko‘prik qayta quriladi, avtomobil yo‘li 2 tasmali asfalt-beton qoplamadan 4 tasmali sement-beton qoplamaga o‘tkaziladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA