O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil 10 mart kuni Addis-Abeba aeroportidan uchib chiqishda samolyotning qulashi oqibatida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar, jumladan, BMT tizimining 19 nafar xodimi halok bo‘lgani munosabati bilan Efiopiya Prezidenti Saxle-Vork Zevde va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga samimiy hamdardlik bildirdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zA