Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi poytaxtimizdagi nodavlat telekanallar ijodiy jamoasi uchun gʻoyaviy-badiiy jihatdan oʻzbek milliy qadriyatlariga hamohang, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning maʼnaviy estetik didini oshirishga qaratilgan media kontent tayyorlash omillariga bagʻishlangan tadbir oʻtkazdi.
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda “Mening yurtim” telekanali ijodiy jamoasi, jurnalistlar, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi.
Gʻoyalar kurashi kuchaygan hozirgi davrda mentalitetimizga mos mafkuraviy immunitetni shakllantirishda televideniyening oʻrni xususida fikr-mulohazalar bildirdi. Bu borada “Mening yurtim” telekanalida amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar haqida aytildi.
Qayd etilganidek, nodavlat telekanallarda efirga uzatilayotgan ayrim seriallar, saviyasiz koʻrsatuvlar va tizimda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar jamiyat intellektiga, jumladan, yosh avlod tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA