Xitoyda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati keng targʻib qilinmoqda

Joriy yilning ilk oylaridan boshlab Xitoy Xalq Respublikasining ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonning turizm salohiyati va milliy mahsulotlarining faol targʻiboti yoʻlga qoʻyildi.
Xususan, toʻrt yuz ming kishidan ortiq aʼzosi boʻlgan weixin.qq.com saytida Oʻzbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarga bagʻishlangan “Oʻzbekistonga vizalar yana soddalashtirildi! ye-vizaning bir nechta turlari joriy etildi!” nomli maqola chop etildi.
Maqolada, soddalashtirilgan viza olish tartibi joriy etilgani va yurtimiz xavfsiz mamlakat sifatida eʼtirof etilgani sayyohlar oqimining ortishiga sabab boʻlayotgani haqida soʻz boradi.
Shuningdek, xabarda Oʻzbekiston elektron vizasiga murojaat etish tartibi va arizani qanday toʻldirish kerakligi hamda qaysi mamlakat fuqarolari vizasiz kirishi mumkinligi boʻyicha ham batafsil maʼlumotlar keltiriladi.
Mazkur nashrda kelgusida yana “Oʻzbekiston, bir makon – bir yoʻl konsepsiyasi”, “Samarqand vaqtini his eting”, “Oʻzbekiston poytaxti Toshkent” kabi bir qator maqolalar chop etilishi rejalashtirilgan.

 

OʻzA