Elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini ishlab chiqaradigan mahalliy tadbirkorlarga 2022 yil 1 yanvarga qadar imtiyozlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022 yil 1 yanvarga qadar quyidagilardan ozod etildi:
• “Oʻzbekenergo” AJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlaridan;
• elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan.
OʻzA