Taniqli sanʼat arbobi, oʻzbek bastakori Anor Nazarov uzoq davom etgan ogʻir kasallik tufayli 69 yoshida olamdan oʻtdi.

Anorqul Mamadovich Nazarov 1950 yil 5 iyunda Toshkent viloyatining Boʻka tumanida tavallud topgan. 1968 yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlab, 1968-1985 yillarda A.Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985-1987 yillarda Toshkent shahar musiqa ansambllari jamoasining bosh dirijyori, 1986-1996 yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1996-2000 yillarda “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bosh direktori, 2000-2002 yillarda esa badiiy rahbari lavozimlaridafaoliyat yuritgan.
photo5334604370001635914.jpg

Bastakorning “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” (A.Oripov sheʼri), “Vatan azizdir”, “Jon Oʻzbekiston” (J.Jabborov sheʼrlari), “Iftixor” (X.Sharipov), “Yashnar bahorim”, “Ona yurt” (B.Bobomurod), “Barkamol avlod”, “Oʻzbekiston mushtarak” (Y.Otash), “Goʻzal Toshkent”, “Yurt qadri” (B.Isroilova), “Aziz odamlar” (M.Ibrohimov), “Izhor” (A.Oripov) kabi 120 dan ortiq mashhur qoʻshiqlari oʻzbek sanʼati durdonalari sifatida meros boʻlib qoldi.

Bastakor musiqa sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik izhor etamiz.

OʻzA