Koreya Respublikasi Adliya vaziri Oʻzbekistonga keladi

Koreya Respublikasining Adliya vaziri Pak San Gi boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan mamlakatimizga keladi.
Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Bosh Prokuraturada boʻlib, ikki tomonlama hamkorlikka oid uchrashuvlar oʻtkazishi kutilmoqda.
Shuningdek, ikki kunlik safar davomida Koreya delegatsiyasi aʼzolari Samarqand shahariga tashrif buyurib, koʻhna kentning bugungi qiyofasi, madaniy-maʼnaviy rivojlanish tarixi bilan yaqindan tanishadi.

 

OʻzA