Buyuk adib va jamoat arbobi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bagʻishlab “Buyuk adib va jamoat arbobi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Unda yozuvchi-shoirlar, olimlar, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada betakror asarlari bilan jahon adabiyotida chuqur iz qoldirgan atoqli yozuvchining boy ijodi, ibratli hayot yoʻli va ijtimoiy faoliyati haqida soʻz yuritildi.

Chingiz Aytmatov qirgʻiz va rus tillarida ijod qilgan. Adibning “Jamila”, “Sarvqomat dilbarim”, “Boʻtakoʻz”, “Birinchi muallim”, “Momo yer”, “Somon yoʻli”, “Alvido, ey Gulsari”, “Qiyomat”, “Asrga tatigulik kun” singari asarlari bir nechta tillarga tarjima qilingan.

Tadbir yakunida Chingiz Aytmatovning “Jamila” asari asosida rejissyor Marxaboy Usenov tomonidan sahnalashtirilgan yangi spektakl namoyish etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mutafakkir yozuvchining mahalliy nashriyotlarda chop etilgan badiiy asarlari koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

5.JPG

8-faqat saytga.JPG
9.JPG
14.JPG

 

Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA