“Yosh siyosatchi – 2017” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida Kegeyli tumanidan Navro‘zbek Nurimbetov g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda O’zA.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Men Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishni xohlayman!” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning siyosiy va huquqiy bilimini oshirish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 10 mingdan ortiq yigit-qiz ishtirok etgani yoshlar orasida tanlovga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Ishtirokchilar qonunchilik, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarga oid bilimini sinovdan o‘tkazdi, partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlarini amalga oshirish borasidagi loyihalarini taqdim etdi.
Qanliko‘l tumanidan Temur Murodboyev va Ellikqal’a tumanidan Ozoda Ro‘zimova ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘ringa Mo‘ynoq tumanidan Feruza Nurliboyeva sazovor bo‘ldi.
Aminboy Ortiqboyev, O‘zA