Haftalik dizaynerlarga qanday ilhom berayapti?

Davlatimizning bevosita koʻmagi hamda ”Osiyo ramzi“ Oʻzbekiston dizaynerlar assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan ”Toshkent moda haftaligi – 2018″ loyihasi moda sanoati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni paytda ushbu haftalik moda sohasida ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar, ilmiy salohiyatning oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish imkonini berayotgani bilan ham koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Professional moda haftaligi liboslar olamida oʻzbek moda brendini targʻib qilish va ragʻbatlantirish, dizaynerlarga oʻz kolleksiyalarini namoyish etish vatomoshabinlarga zamonaviy moda anʼanalarini baholashga xizmat qilayotgani bilan diqqatga sazovor boʻlmoqda.

– Toshkentda boʻlib oʻtayotgan moda haftaligida qatnashayotganimdan behad mamnunman, – dedi hindistonlik libos dizayneri Ritu Beri. – Men taqdim etgan kolleksiya Hindiston modasi anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi. Haftalik doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada oʻzbek matolarining naqadar serjilo va oʻziga xos, betakrorligiga ishonch hosil qildim.

Moda bayramining navbatdagi kunida oʻzbekistonlik hamda italiyalik dizaynerlar kolleksiyasi tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.

6.JPG

21.JPG
27.JPG

 

N.Usmonova, T.Mamadaminov (surat), OʻzA