Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Vladimir Medinskiyning taklifiga binoan 15-17 noyabr kunlari Sank-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etish uchun yoʻl oldi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining rasmiy saytida eʼlon qilindi.
Ushbu forum 2012-yildan buyon oʻtkazilib kelinmoqda. Taʼkidlash joizki, bu kabi madaniy forumlar soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish maydoni boʻlib xizmat qiladi.
OʻzA