2017-yil 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisini tayinlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Senat Kengashining qaroriga muvofiq Mamarizo Berdimuratovich Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senatining Axborot xizmati