Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida mamlakatimizda oʻzbek milliy maqom sanʼatining noyob namunalarini keng targʻib qilish, asrab-avaylash, rivojlantirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy konsert dasturi tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlar rivojida muhim asos boʻlayotir.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarimizning milliy musiqa sanʼatiga mehrini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilgan bayram tadbirida talabalar tomonidan “Aylagach”, “Nasri Uzzol”, “Saraxbori navo”, “Savti Ushshoq”, “Bek sulton 1-2”, “Qoshingiz qarosimu” kabi milliy mumtoz kuy-qoʻshiqlarimiz ijro etildi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA