Oʻzbekiston-Rossiya mediaforumi

Ertaga Toshkentda Oʻzbekiston-Rossiya mediaforumi va “TEFI-Hamkorlik” VIII Xalqaro televizion festivali boshlanadi. Festival 6-oktyabrgacha davom etadi.

Unda Rossiya Federatsiyasining yetakchi ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan Andrey Malaxov, Mixail Shubin, Aliksey Yefimov kabi taniqli jurnalistlar, Rossiyadagi bir qancha televideniye rahbarlari va boshqa OAV xodimlari ishtirok etadilar.

Mediaforum va festival haqidagi batafsil maʼlumotlarni saytimizda kuzatib boring.

 

OʻzA