Jonli ijro xalqimizga manzur boʻldi

Poytaxtimizning Xalqlar doʻstligi maydonida boʻlib oʻtgan jonli ijrodagi gala-konsert xalq sayligi aylanib ketdi.
Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Alisher Turdiyev, Abdurashid Yoʻldoshev, Milena Madmusayeva, Yahyo Moʻminov, “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyeva, estrada xonandalari Bahrom Nazarov, Dilshodbek Yunusov, Bekzod Eshonov va boshqa sanʼatkorlar hamda “Tumor” raqs ansamblining chiqishlari shahrimiz aholisi hamda mehmonlariga manzur boʻldi.
Loyiha Madaniyat vazirligi hamda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan xalqimizning jonli ijroga boʻlgan talabidan kelib chiqib, haqiqiy isteʼdod egalarini yuzaga chiqarish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA