Bir guruh sanʼatkorlarga Prezident sovgʻasi topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlar, oʻzbek sanʼatini dunyoga tanitayotgan yosh ijodkorlarni ragʻbatlantirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan 20 nafar ijodkor Prezident sovgʻasi – eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi.

– Prezidentimizning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlgan ustoz sanʼatkorlar orasida ekanimdan baxtiyorman, – deydi Oʻzbekiston orkestrlari birlashmasining Milliy simfonik orkestri oliy toifali artisti Zahro Abdunazarova. – 22 yildan buyon milliy simfonik yoʻnalishida ijod qilib kelaman. Bizga koʻrsatilayotgan bu kabi yuksak eʼtibor va ragʻbatdan ilhom olib, kelajakda sanʼat sohasida yanada samarali mehnat qilamiz.

2.JPG
8--faqat saytga.JPG
14-faqat saytga.JPG
20-faqat saytga.JPG

 

Muhayyo Toshqorayeva, Aʼlo Abdullayev (surat), OʻzA