Madaniyat va sanʼat xodimlari Prezidentimiz nomidan ragʻbatlantiriladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan kompozitorlar, bastakorlar va sanʼatshunoslar, teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari, dirijyorlar, baletmeysterlar, musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari, doston ijrochiligi namoyandalari, shoir va yozuvchilar, muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar, tasviriy va amaliy sanʼat vakillaridan jami 20 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantiriladi.
Shu munosabat bilan bugun Madaniyat vazirligida ragʻbatlantirish marosimi tashkil etiladi.
Tadbir Prezidentimiz qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat sohasini takomillashtirish boʻyicha 2017-2021 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining joriy yildagi Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA