Milliy qadriyatlar va ajdodlarga ehtiromni aks ettirgan gʻoliblar

Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlar press-klubi”da “Yoshlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan qisqa metrajli filmlar va videroliklar” tanlovining gʻoliblari bilan tanishing:

1-oʻringa Shokir Xoliqovning “Choy”,

2-oʻringa Sherzod Toʻychiyevning “Saboq”,

3-oʻringa Mars Orinbosarovning “Ustoz” filmlari loyiq koʻrildi.

Qolaversa, ijtimoiy roliklar yoʻnalishida Nurmuhammedov Ravshanning “Yosh tadbirkor”,

Jumagʻulov Nurmuxammedning “Kelajak egasining iltimosi” asarlari munosib koʻrildi.

Ssenariylar yoʻnalishida esa:

1-oʻringa Muhammadxon Yusupovning “Oʻzbekoy”,

2-oʻringa Otabek Yuldashevning “Kichkina”,

3-oʻringa Azizbek Qurbonovning “Muallim” nomli ijodiy ishlari loyiq koʻrildi.

Gʻoliblarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining diplom va qimmatbaho sovgʻalari taqdim etildi.

photo5282828114046593371.jpg
photo5283185051598694731.jpg
Eslatib oʻtamiz, tanlovga 30 yoshgacha boʻlgan ijodkorlarning 130 dan ortiq ijtimoiy rolik, qisqa metrajli film va adabiy-badiiy ssenariylari taqdim etilgan edi. Tanlov doirasida qabul qilingan roliklarda ajdodlarga ehtirom, milliy qadriyatlar, “Zamonamiz qahramoni”, “Bu – mening Oʻzbekistonim”, “Yoshlar – kelajagimiz” gʻoyalari aks etdi. Endilikda film va ijtimoiy roliklar telekanallarimiz orqali uzatiladi.

 

Gulchehra Ashurova, OʻzA