Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida tashkil etilgan maʼrifiy kecha oʻzbek va tojik xalqlarining azaliy doʻstligini tarannum etib kelayotgan shoir, tarjimon, faylasuf olim Jafʼar Muhammad ijodiga bagʻishlandi.

Badiiy kechada taniqli ijodkorlar va sanʼat ustalari, Respublika tojik milliy madaniy markazining faollari ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi R.Qurbonov va boshqalar Markaziy Osiyoda qadimdan birga yashab kelayotgan oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasidagi adabiy, ilmiy-madaniy hamkorlik azaldan mustahkam asoslarga ega ekanini taʼkidladi.

Ijodiy kechada Jafʼar Muhammad ijodidan namunalar oʻqilib, sanʼatkorlar tomonidan oʻzbek va tojik kuy-qoʻshiqlari ijro etildi.

 

N.Usmonova, OʻzA