Avvalroq, Moskva oblasti, Mitishi shahri, Olimpiyskiy prospekti, 38-uyning 5 korpusda joylashgan omborda yongʻin sodir boʻlganligi haqida axborot bergan edik.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan rasmiy xabar berdi.
Halok boʻlgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi aniqlangan.
Vafot etgan fuqarolar:
Aslonova Gulsara Joʻrayevna, 1971 yilda tugʻilgan;
Fayziyeva Gulnoza Mirfayzovna, 2004 yilda tugʻilgan.
Jasadlar Mitishi shahar markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.
O’zA