“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentabr kuni poytaxtdagi “Xalqlar Doʻstligi” sanʼat saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Konsert xalq sayli tarzida oʻtkazilib, uni tomosha qilish bepul. Bu haqda “Oʻzbekkonsert” matbuot xizmati xabar berdi.
“Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi koʻradigan, sanʼatsevar oʻzbek xalqiga oʻz qoʻshiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak boʻladi. Ayni damda unda yoshlar qoʻshiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estrada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi”, – deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun: Ushbu konsert dasturi 29 sentabr kuni, soat 19:00 da boʻlib oʻtadi.
O’zA